Tohir Malik nega tungi klublarga boradi? Video

Tohir Malik nega tungi klublarga boradi? Video

Yunusobod tumanidagi noxush voqea sabab tungi klublar yana kun mavzusiga — trendga aylandi. Hammaning tilida shu bo‘lsa-da, munosabatlar asosan ikki xil — murosa qilish yo rad etish. Shu o‘rinda O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning bir hikmati yodga tushadi. Uning mazmuni bunday: biz kimnidir maqtasak, shu qadar oshirib-toshiramizki, boshimizga chiqarib olamiz. Biz kimnidir yomonlasak, shu qadar oshirib-toshiramizki, yetti qavat yer tagiga kiritib yuboramiz... Holbuki, vaziyatni xolis va shoshilmay tahlil qilish keyingi qadamlarning to‘g‘ri va ishonchli bo‘lishiga zamin yaratadi.

Shu sababli «Yoshlar» telekanali tungi klub mavzusini «Yoshlar press klubi»da muhokama qildi. Unda mashhur yozuvchimiz Tohir Malik haligacha tungi klublarga borib turishini aytib, hammani hayron qoldirdi. Bloger Shahnoza To‘raxo‘jayeva tungi klublar bo‘lishi kerakligini yoqlab chiqdi. Yana bir jurnalist esa yaqinda tungi klubga reydga borganida bezorilar qimmatbaho videokamerasini maydalab tashlaganidan arz qildi. Xullas, bahs juda qizg‘in bo‘ldi.

Ko‘rsatuv shanba kuni, 19:00 da «Yoshlar» telekanalida to‘liq efirga uzatiladi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!