Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda

Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda

2023 yilning iyun oyida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudida O‘zbekistonning birinchi prezidenti, marhum Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimovaga nisbatan fuqarolik ishi ko‘rib chiqilgani, da’vogar Islom Karimovning birinchi nikohidan bo‘lgan farzandi Pyotr Karimov ekani ma’lum qilingan edi.

Da’vo predmeti sifatida vorislik huquqidan kelib chiqqan nizo ko‘rsatilgan.

“Daryo” nashri xabariga ko‘ra, Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud jarayonlari davom etmoqda. Buni Toshkent shahar sudi axborot xizmati tasdiqladi.

Sud ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilmoqda. Sud ekspertiza tayyorlagan, — deyiladi sud axborot xizmati o‘z izohida.

O‘tgan sud ishlari jarayonida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga Tatyana Karimova tomonidan ishni yopiq sud majlisida ko‘rish va sud ishini boshqa kunga qoldirishni so‘rab iltimosnoma kiritilgan. Sud iltimosnomani qanoatlantirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!