Surxondaryoning sobiq hokimi oqlandi

Surxondaryoning sobiq hokimi oqlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi kassasiya instansiyasi jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudining 2014 yil 18 avgustdagi hukmining N.Choriyev, V.Azizov, R.Rahmonov, F.Qurbonov, A.Pardayevga oid qismini bekor qilish yuzasidan Surxondaryo viloyat prokurori tomonidan kassasiya tartibidagi protesti hamda V.Azizovning kassasiya tartibida shikoyatiga asosan jinoyat ishini ko‘rib chiqdi.

Kassasiya instansiyasi ajrimiga asosan jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudining 2014 yil 18 avgustdagi hukmining N.Choriyev, V.Azizov, R.Rahmonov, F.Qurbonov, A.Pardayevga oid qismi bekor qilindi.

Ushbu fuqarolar reabilitasiya qilinishi (oqlanishi) munosabati bilan ularga yetkazilgan mulkiy, ma’naviy va boshqa ziyonni qoplash oqibatlarini O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-prosessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda da’vo bilan sudga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

O‘zAga kassasiya tartibida keltirilgan protest va shikoyat qanoatlantirilganini, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi sudyasi J.BOTIROV ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!