Surxondaryodan Toshkentga yo‘lga chiqqan Nexia G‘uzorda yonib ketdi

Surxondaryodan Toshkentga yo‘lga chiqqan Nexia G‘uzorda yonib ketdi

 

Surxondaryo viloyatidan Toshkentga qarab yo‘lga chiqqan Nexia Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida beton to‘siqqa urilishi oqibatida yonib ketdi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat IIB, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Javlon Baxtiyev ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, yong‘in oqibatida 3 nafar fuqaro vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021 yilning 3 mart kuni soat 04:45 da Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumani hududidan o‘tuvchi M39 xalqaro avtomobil yo‘lining 1240 kilometrida 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi P.Z. boshqaruvidagi Nexia yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi BDO-5 beton to‘sig‘iga urilib, yonib ketgan. Natijada haydovchi P.Z. va uning avtomobilida bo‘lgan yo‘lovchilar T.A. va B.B. voqea joyida yong‘indan kuyib vafot etgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!