Qoraqalpog‘istonda ikkita uyda yong‘in chiqdi

Qoraqalpog‘istonda ikkita uyda yong‘in chiqdi

2019 yil 11 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani Do‘stlik MFY, Matbuot ko‘chasida joylashgan ikki qo‘shni xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Sputnik muxbiriga FVV Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar qildi.

Voqea joyiga yetib borgan yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida uylarning 200 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Shuningdek, yong‘inda fuqarolarni tan jarohati olishlariga va halok bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmagan.

Biroq, ko‘rsatilgan manzilga 6 ta bo‘linmalar yetib borganida imoratlarning asosiy tom qurilish konstruksiyalari yonayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Yong‘in oqibatida 25-uyning 60 kv.metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari hamda 27-uyning tom bostirmasi 30 kv.metr maydonda qurilish konstruksiyasi yonib zararlangan.

Yong‘inni taxminiy kelib chiqish sababi 25-uydagi elektr simlarida qisqa tutashuv bo‘lsa, yong‘inni qisqa vaqtda tarqalishiga uylarni qurishda yong‘inga qarshi oraliq masofalar inobatga olinmagan yoki yong‘inga qarshi devorlar qurilmaganligi sabab bo‘lgan.

Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!