Qashqadaryoda tibbiyot birlashmasi binosi orqasidagi o‘raga abort va operasiya chiqindilari tashlanayotganligi rostmi?

Qashqadaryoda tibbiyot birlashmasi binosi orqasidagi o‘raga abort va operasiya chiqindilari tashlanayotganligi rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumani tibbiyot birlashmasi binosi orqasida joylashgan o‘rada abort va operasiyalar chiqindilari tashlanayotganligi, bu aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani, chiqindilarni utilizasiya qilish bo‘yicha choralar ko‘rilishi zarurligi xususida murojaat e’lon qilingan. Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilindi.

Qarshi tumani markaziy shifoxonasi hududi devor bilan to‘liq o‘ralgan. Davolanish bo‘limlaridan 100 metrlik masofada mahalliy maxsus o‘ra tashkil qilingan. O‘raga abort va operasiyadan keyingi emas, faqat tug‘ruq bo‘limidan chiqqan biologik chiqindilar chiqarilgan. Ginekologiya bo‘limida hozirgi vaqtda abortlar amalga oshirilmaydi, jarrohlikdan keyin hosil bo‘lgan biologik chiqindilar viloyat gistologik tekshirish laboratoriyasiga yuboriladi.

Ta’mirtalab holatda bo‘lgan maxsus o‘ra atrofiga tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 1,5 metr balandlikdagi to‘siqlar, o‘ra ustiga qopqoq o‘rnatildi. Ta’mirlash ishlari davom etmoqda. O‘ra va uning atrofini doimiy dezinfeksiya qilish, biologik chiqindilarni utilizasiya qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organi tomonidan mas’ul xodimga jarima jazosi qo‘llanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!