Putin va Tramp yana yuzma-yuz: ular nimalarni muhokama qilishadi?

Putin va Tramp yana yuzma-yuz: ular nimalarni muhokama qilishadi?

28 iyun kuni Yaponiyaning Osaka shahrida rasman G20 sammitiga start berildi. Sammit Rossiya prezidenti Putin va JAR rahbari Siril Ramafosaning ikki tomonlama uchrashuvi cho‘zilgani uchun biroz kechroq boshlangan. 

Shuningdek, Putin qisqa vaqt davomida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muloqot qilishga ham ulgurgan. Ikki o‘rtadagi bugun alohida uchrashuv sammit davomida tashkil etilishi belgilangan. Ikki tomon muhokama qiladigan taxminiy mavzular Suriya va Eron bo‘yicha, sanksiyalar bo‘lishi kutilmoqda. 

Ushbu sammitda jahonning kuchli 20 ta davlati rahbarlari dunyodagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatni muhokama qiladilar, fikr almashadilar. 

O‘tgan safargi sammit Argentinada o‘tkazilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!