Qashqadaryoda ayol erkakni qo‘rqitib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryoda ayol erkakni qo‘rqitib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanida yashovchi 29 yoshli SH.I. IIOga murojaat qilib, "Guli" ismli ayol uning sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilayotganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumnida yashovchi 31 yoshli (ayol) T.S. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan (ayol) T.S., jabrlanuvchi SH.I. bilan telegram messenjeri orqali ishqiy yozishmalarni amalga oshirishi davomida unga bir nechta sir saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsiy fotosurat va videolarni yuborgan, ma’lum vaqt o‘tgach (ayol) T.S. ushbu fotosurat va videolarni Internet orqali tarqatib, uni sharmanda qilishini aytib, qo‘rqitib, fotosurat va videolarni tarqatmaslik evaziga pul talab qilayotganligini ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, T.S.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!