Olmaliqda sof reniy metalli olindi

Olmaliqda sof reniy metalli olindi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati axborot xizmati ma’lum qilishicha (https://telegra.ph/Kombinatda-sof-renij-metalli-olindi-09-15), kombinatning Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida reniy metalli sof holda olindi.

Kombinatda kelgusida ushbu mahsulot sanoat masshtabida ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda.

Ushbu metall neftni qayta ishlash sanoatida, shuningdek, aviasozlik, elektrotexnika sohalarida detallar uchun asosiy element sifatida foydalaniladi.

Zargarlikda esa reniydan qimmatbaho buyumlarni bezash uchun qoplama sifatida foydalaniladi.

Jahon bozorida 1 gr reniyning o‘rtacha narxi 9 dollar atrofida turadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!