Nodavlat universitetlar diplom keyinchalik tan olinmasligi mumkinmi?

Nodavlat universitetlar diplom keyinchalik tan olinmasligi mumkinmi?

Nodavlat oliygohlarda o‘qiydigan yoshlarda quyidagi savollar bo‘lishi tabiiy:

Yangi qaror chiqqanidan keyin nodavlat universitetlar diplom tan olinmasligi mumkinmi?
Men o‘qiyotgan nodavlat universitet yopilib ketmaydimi?
Avvalo ta’kidlash lozimki, davlat dasturi lohiyasida ushbu yangi normativ-huquqiy hujjat nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlashda raqobatbardoshlikni oshirish va ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida ishlab chiqilishi belgilangan.

Ya’ni nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari mavqeni yanada mustahkamlash va sharoit yaratish nazarda tutilgan. Hozirgi paytda nodavlat universitetlar yurtimizda oliy ta’lim qamrovini oshirish va yoshlarning ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda. Shunday ekan lisenziyalangan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotganlar xavotir olmasa ham bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, tegishli lisenziyaga ega nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar davlat oliy ta’lim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!