Myanmada fojia: bir kunda 38 kishi o‘ldirildi

Myanmada fojia: bir kunda 38 kishi o‘ldirildi

Myanmada chorshanba kuni namoyishlar zo‘ravonlik bilan bostirildi, natijada 38 kishi o‘ldi. Bu haqda BMT Bosh kotibining Myanma bo‘yicha maxsus vakili Kristin Shraner-Burgener Nyu-Yorkdagi brifingda aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, chorshanba bu mamlakat uchun so‘nggi oyda eng qonli kun bo‘lgan, chunki mamlakatda harbiylar hokimiyatni qo‘lga olgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yangiliklar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, shu vaqt ichida Myanma xavfsizlik kuchlari harakatlari natijasida jami 50 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

1 fevral kuni Myanma armiyasi Davlat maslahatchisi Aung San Su Chji va boshqa rahbarlarni hibsga oldi, ularni 2020 yil noyabrda "saylovlarni soxtalashtirishda" aybladi. Harbiy komendant Min Aung Xlaing navbatdagi saylovgacha bir yilga favqulodda holat e’lon qildi.

Harbiylar hokimiyatni qo‘lga kiritgandan beri Myanma bo‘ylab norozilik namoyishlari davom etmoqda, xabarlarga ko‘ra milliy xavfsizlik kuchlari ularni tarqatish uchun qurol ishlatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!