Koronavirus: O‘zbekistonda shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarning 200dan ortig‘i og‘ir ahvolda

Koronavirus: O‘zbekistonda shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarning 200dan ortig‘i og‘ir ahvolda

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistondagi shifoxonalarga koronavirus tashxisi bilan yotqizilgan 229 nafar bemorning ahvoli og‘irligicha qolayotgani haqida xabar berdi. So‘nggi bir kunda mamlakatning 13 hududida jami 198ta yangi kasallanish holatlari aniqlangan.

«2021 yil 10 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84922 (+198) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 2 nafari Andijon viloyatida,
  • 5 nafari Buxoro viloyatida,
  • 1 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 1 nafari Namangan viloyatida,
  • 20 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Farg‘ona viloyatida, 
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 22 nafari Toshkent viloyatida,
  • 130 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 4 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
  • Namangan viloyatida 6 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 4 nafar,
  • Toshkent viloyatida 18 nafar,
  • Toshkent shahrida 141 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 82760 (+174) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1528 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Koronavirus: O‘zbekistonda shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarning 200dan ortig‘i og‘ir ahvolda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!