Jizzaxda xavfli residivist tomonidan jinoyat sodir etildi

Jizzaxda xavfli residivist tomonidan jinoyat sodir etildi

Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, Toqchilik MFYda yashovchi muqaddam besh marotaba talonchilik va o‘g‘irlik jinoyati uchun sudlangan, xavfli residivist hisoblangan (ismi sharifi o‘zgartirilgan) Rafik Madiyarov yana jinoyat qo‘l urdi. Bu haqda Daryo ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining sudyasi E.Qarshiyev ma’lum qildi.

U o‘zgalar mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishi maqsadida 2018 yilning 8 oktyabr kuni soat chamasi 15 dan 30 daqiqa o‘tganda, mast holatda, Jizzax shahridagi Ko‘k bozor hududidagi do‘kon eshigi oldida turgan voyaga yetmagan (ismi sharifi o‘zgartirilgan) CH.Yadgarov tomonidan qarovsiz qoldirilgan narxi 600 ming so‘mlik Ragazzi markali velosipedni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Jabrlanuvchilarning IIBga qilgan murojaati natijasida, Ko‘k bozor profilaktika inspektori tomonidan Rafik Madiyarov Kimyogar mahallasida o‘g‘irlagan velosopedni minib ketayotgan vaqtida ushlanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi a bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 2018 yil 3 dekabr kungi hukmiga asosan Rafik Madiyarov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 169-moddasi 3-qismi a bandi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan jazo tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!