Ikki «Damas» to‘qnashuvi haydovchining o‘limiga sabab bo‘ldi

Ikki «Damas» to‘qnashuvi haydovchining o‘limiga sabab bo‘ldi

Farg‘onalik T.M. Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroga tegishli bo‘lgan «Damas» rusumli avtomashinani Farg‘ona tumani Mingdonobod qishlog‘i hududida boshqarib borayotib, charchagani bois ko‘zi uyquga ketib qoladi. Natijada avtomashina qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketadi va ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro E.G. boshqaruvidagi «Damas» mashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘ladi.

Ikkinchi «Damas» haydovchisi E.G. hodisa joyida vafot etdi. Ikkala avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqarolar turli darajada tan jarohatlari olib, davolanish uchun shifoxonaga yotqizildi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, haydovchining charchagani noxush hodisaga sabab bo‘lgan. U o‘z vaqtida avtomashinani o‘ngga olib to‘xtatib, biroz muddat hordiq chiqarganida, balki, bu voqea sodir bo‘lmasdi. Shu bois barcha haydovchilardan harakatlanish vaqtida ayni shu jihatga e’tibor qaratishlarini so‘rab qolamiz.

B.G‘OFUROV,

Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik.

«Postda.uz»


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!