Gulnora Karimovaning fuqaroviy eriga tegishli yana bir mulk — Perfectum savdoga qo‘yildi

Gulnora Karimovaning fuqaroviy eriga tegishli yana bir mulk — Perfectum savdoga qo‘yildi

O‘zbekistonda Rubicon Wireless Communication MCHJ ko‘chmas mulki sotuvga qo‘yildi. Qarzdor — Rustam Madumarov. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Toshkent shahrida joylashgan Rubicon Wireless Communication MCHJ (Perfectum) mamlakatda uyali aloqaga xizmat ko‘rsatadigan yirik tadbirkorlik sub’ektlaridan edi.

Ochiq auksion narxni tushirib borish yo‘li bilan, demping usulida o‘tkazilishi ko‘rsatilgan savdoda mazkur mulkning boshlang‘ich narxi 205 587 016 500 so‘m etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri Rustam Madumarovga tegishli bo‘lgan mulk – yagona elektron savdo maydonchasida Toshkent shahrida joylashgan yirik firma – «EDEL VEYS-ALI» mas’uliyati cheklangan jamiyati fondidagi yuz foiz ulushi, debitor-kreditorlari va boshqa turdagi barcha mol-mulklari bilan auksionga qo‘yilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!