Gulistonda «Jiguli» kanalga tushib ketdi. FVV ma’lumot berdi (VIDEO)

Gulistonda «Jiguli» kanalga tushib ketdi. FVV ma’lumot berdi (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda  Guliston shahrida «Jiguli»ning kanalga tushib ketganligiga oid videolavhalar tarqaldi. Mazkur hodisa tafsilotlari yuzasidan «Sirdaryo Xabarlari» viloyat FVB Axborot xizmati bilan bog‘landi.

Viloyat FVB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu hodisa bundan bir oy avval, joriy yilning 13-yanvar kuni Mirzaobod tumani "Toshkent" mahallasi hududida (Guliston shahri bilan chegaradosh), M-34 yo‘l yoqasida sodir bo‘lgan va mashina  Sirdaryo viloyati FVB Yong‘in-qutqaruv otryadi tomonidan olib chiqilgan.

"Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q", — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!