Foto: IIBB to‘rtta Range Rover’dan iborat to‘y kortejini jarimaga tortdi

Foto: IIBB to‘rtta Range Rover’dan iborat to‘y kortejini jarimaga tortdi

Bugun, 21 sentyabr kuni, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Bunyodkor ko‘chasida kortej tarkibida harakatlangan 4ta avtomobil to‘xtatildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

«O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 129-moddasiga muvofiq «Range Rover» markasidagi avtomobillar haydovchilari yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid uyg‘otib, guruh bo‘lib harakatlanish holatida ishtirok etganlik uchun javobgarlikka tortildi», - deyiladi mahkama xabarida.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!