Ertaga havo harorati -8 darajagacha tushib ketadi

Ertaga havo harorati -8 darajagacha tushib ketadi

O‘zbekistonda qish kunlari o‘tib boryapti. Yog‘ingarchiliklar kuzatilmayotgan bo‘lsa ham kunlar sovuq. Shunday ekan ertangi ob-havo ma’lumotlari bilan tanishib qo‘yish zarar qilmaydi.
 
Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, ertaga, 12 dekabr kuni mamlakat bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.
 
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi 0...+2, kunduzi +8...+10 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga yetib, tuman tushadi.
 
Farg‘ona vodiysida havo harorati kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 5-10 m/s tezlikda shamol esadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
 
Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ib, havo harorati kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi. Tuman tushib, 5-10 m/s tezlikda shamol esadi.
 
Surxondaryo va Qshqardaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +2...+7, kunduzi +8...+13 darajagacha ko‘tariladi. Shamol tezligi 5-10 m/sga yetib, tuman tushadi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -5...0, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sni tashkil etadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
 
Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi -8...-3, kunduzi esa -2...+3 daraja bo‘ladi. 7-12 m/s tezlikda shamol esib, qor aralash yomg‘ir yog‘adi.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!