Energetik ichimliklar reklamasiga ayrim taqiqlar qo‘yildi

Energetik ichimliklar reklamasiga ayrim taqiqlar qo‘yildi
Avvalroq, Oliy Majlis Senatida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullangani haqida xabar bergan edik.

Qonun bilan “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 221-moddasi energetik ichimliklar reklamasi bilan to‘ldirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unga ko‘ra,
  • 7:00 dan soat 22:00 ga qadar energetik ichimliklarni televideniye va radio orqali reklama qilish;
 
  • reklama qilish maqsadida energetik ichimliklar namunalarini o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar orasida tekin tarqatish;

o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar orasida energetik ichimliklarning nomi, tovar belgisi yoki tasviri tushirilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, o‘yinlarni va shu kabilarni) tarqatish, shu jumladan, sotish taqiqlanadi.
Manba: qalampir.com

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!