Bo‘stonliqda turar joyni ijaraga berganlik uchun alohida soliq tartibi joriy etiladi

Bo‘stonliqda turar joyni ijaraga berganlik uchun alohida soliq tartibi joriy etiladi


“Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tajriba tariqasida soliq solish ob’ektlarini hisobga olish va soliq ma’muriyatchiligining alohida tartibini joriy etish to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 maydan boshlab, 2021 yil 1 maygacha Bo‘stonliq tumanida tajriba tariqasida soliq solish ob’ektlarini hisobga olish va soliq ma’muriyatchiligining alohida tartibi joriy etiladi.

Tajriba davrida jismoniy shaxslar tomonidan dam olish uylari, dala hovli, yakka tartibdagi uy-joylar va yashash uchun mo‘ljallangan boshqa turar joylar, shuningdek, ayrim mol-mulk turlari soliq organlarining tayanch punktlari tomonidan soliq solish ob’ektlarining hisobga qo‘yilgani to‘g‘risidagi bepul beriladigan guvohnoma asosida ijaraga beriladi.

Ko‘chmas mulk ob’ektlarining ijaraga berilishi bilan bir vaqtda Davlat soliq qo‘mitasining yagona elektron platformasiga (mobil ilova yoki veb-sayt orqali) bu haqdagi ma’lumotlar kiritilishi lozim. 

Ko‘chmas mulk ob’ekti va ayrim mol-mulk turlari soliq organlarida hisobga olingan maxsus cheklar taqdim etish orqali ijaraga beriladi hamda tegishli soliqlar to‘langanda, ushbu faoliyatdan tushgan naqd pulni bank kassasiga topshirish ixtiyoriy hisoblanadi.

Hisobga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasiz ko‘chmas mulklar va ayrim mol-mulk turlarini ijaraga berish yoxud ko‘chmas mulklarning ijaraga berilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona elektron platformaga kiritmaslik – soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash deb hisoblanadi va qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Hisobga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma asosida ayrim mol-mulk turlarini ijaraga beradigan jismoniy shaxslar tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishi shart emas hamda ularning daromadlariga belgilangan tartibda deklarasiya asosida soliq solinadi.

Tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan holda oilaviy mehmon uylari xizmatlari ko‘rsatayotgan va ayrim mol-mulk turlarini ijaraga berish bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxslarga mazkur talablar tatbiq etilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!