Arsh soyasiga kiradigan yetti kishini bilasizmi?

A A A
Arsh soyasiga kiradigan yetti kishini bilasizmi?

Abu Hurayra roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: “Etti toifa kishilarni Alloh taolo U Zot soyasidan boshqa soya bo‘lmaydigan kunda O‘z soyasiga oladi. (Bular:) odil imom, Parvardigoriga ibodat qilib ulg‘aygan yigit, qalbi masjid bilan bog‘liq bo‘lgan kishi, Alloh uchun bir-birini yaxshi ko‘rib, U Zot uchun yig‘ilgan va ajrashgan kishilar, mansab va chiroy sohibi bo‘lgan ayol undan (lazzat olishni) talab qilganida, “Men Allohdan qo‘rqaman”, deya rad qilgan kishi, o‘ng qo‘li berganni chap qo‘li bilmaydigan tarzda maxfiy sadaqa qiladigan kishi, yolg‘iz qolganida Allohni zikr qilib ko‘z yosh to‘kkan kishi” (Buxoriy, Muslim, Termiziy, Nasoiy, Molik, Ahmad, Ibn Xuzayma, Ibn Hibbon, Bayhaqiy va Tabaroniy rivoyati).

Hadisdagi “Allohning soyasi” ulamolar tomonidan bir necha xil ta’vil qilingan:

Arsh soyasi;
Tuboning soyasi;
Jannat soyasi;
Allohning rahmati, himoyasi va panohi.

Oxirgisi kuchliroq sanaladi. Bizda ham, arablarda ham “falonchining soyasida” deganda “himoyasida, panohida” degan ma’no tushuniladi.

Qiyomat qoim bo‘lganida Alloh taolo barcha odamlarni O‘z huzuriga chaqiradi. Quyosh ularga yaqin kelib, juda qattiq isitadi. Shunda har bir odam soya-salqin joyni qidirib qoladi. Shunda hadisda zikri kelgan zotlar Alloh Arshi soyasiga, U Zot panohiga doxil bo‘ladilar.

Bu yerda keltirilgan sifatlar erkak va ayollarga birdek tegishli. Odatda, erkaklarga buyurilgan amr ayollarga ham taalluqli bo‘ladi. Qolaversa, solih amallarda erkak va ayollar huquqi teng sanaladi. Ma’lum amallardagina ular orasida farq bo‘ladi. Shu yerda qo‘shimcha izoh berish kerakki, “qalbi masjid bilan bog‘liq bo‘lish”dan tashqari barcha sifat va fazilatlar ayollarga ham tegishli. Zero, ayollar farz va nafl namozlarni uyda o‘qishlari afzal. Ayollarning masjidga borishlariga avvallari ruxsat berilgan. Keyinchalik fitna ko‘paygach, ayollarning masjidga bormasliklari afzalligi ta’kidlangan.

Endi hadisda zikri kelgan toifalarni birma-bir ko‘rib chiqamiz.

Qiyomatda Allohning rahmatiga noil bo‘ladigan kishilarning eng birinchisi – odil imom.

“Odil imom” deganda jamoat rahbari, musulmonlar ishini adolat asosida boshqaruvchi kishi tushuniladi. Bunga, shuningdek, oilada erkakning farzandlari, mudarrisning shogirdlari bilan adolatli muomalada bo‘lishi ham kiradi. O‘z hukmida, qo‘l ostidagilarga muomalasida, oilasiga munosabatida adolat qilgan rahbarlar qiyomatda Alloh Arshining soyasida bo‘ladilar. 

Ikkinchisi – Parvardigoriga ibodat qilib ulg‘aygan yigit.

Yigitlik davrida, quvvati taniga sig‘may, bilagi kuchga to‘lgan paytda shahvat va hoyu havaslardan kechib, Alloh taolo buyurgan yo‘lda yurish qiyin. Sababi yoshlikda inson orzu-havas, o‘yin-kulgilarga uchib, gunoh ishlar qilib qo‘yishi ko‘p kuzatiladi. Bu davrda nafsni jilovlash, gunoh-ma’siyatdan uzoq bo‘lib, Allohga ibodat qilish ancha mushkul. Qarib, keksayib, gunoh qilishga kuchi yetmay qolganida har qanday odam ham ma’siyatdan tiyila olishi, umri oxirlab qolgach ibodatga unashi mumkin. Ammo kim yoshligidan Alloh taolo ibodatida bardavom bo‘lsa, U Zot belgilab bergan chegaradan chiqmasa, bunday banda oxiratda Alloh panohida bo‘ladi.

Uchinchisi – qalbi masjidga bog‘liq bo‘lgan kishi.

“Qalbning masjidga bog‘liq bo‘lishi” bir necha ma’noni anglatadi:

O‘zi masjiddan tashqarida bo‘lsa ham, qalbi masjid bilan bog‘liq bo‘ladi;

Masjidni, jamoat namozini yaxshi ko‘radi. Bunday odam bir namozni jamoat bilan o‘qib bo‘lib, kelasi namozni ilhaq bo‘lib kutadi, jamoat bilan namoz o‘qishni xohlaydi.

Ulamolar bu yerda masjidda kun bo‘yi yoki aksar vaqt o‘tirish emas, balki masjidni yaxshi ko‘rish nazarda tutilganini ta’kidlashgan. Zero shariatimizda ertadan kechgacha masjidda o‘tirib, faqat ibodat qilishga buyurilmagan, balki jamoat namozlariga hozir bo‘lishga amr qilingan. Rivoyatda aytilishicha, banda boshqa ishlarini bajarish chog‘ida qalbi masjidga bog‘liq bo‘lishi, namoz vaqti kirishi va masjidga borishni ilhaqlik bilan kutishi yaxshidir.

To‘rtinchisi – Alloh taolo yo‘lida bir-birini yaxshi ko‘rib, U Zot uchun yig‘ilgan va ajrashgan kishilar.

Bu yerda Alloh taolo yo‘lida xolis do‘st tutinishga da’vat qilinmoqda. Ular dunyoviy yoki boshqa bir manfaat uchun emas, balki faqat Alloh uchun bir-birlarini yaxshi ko‘radilar. Ularni dunyoviy manfaat bog‘lab turmaydi, ular o‘rtasidagi do‘stlik rishtasini faqat Allohga bo‘lgan muhabbatgina bog‘lab turadi. Shu sabab bunday kishilar umrlarining oxirigacha qalin do‘st bo‘lib qoladilar. Mana shu haqiqiy, davomiy va oqibati xayrli bo‘ladigan do‘stlikdir. Ular Alloh uchun bir-birlari bilan ko‘rishib, Alloh uchun biron narsa yoki joyni tark qiladilar. Hakimlar aytadiki, Alloh yo‘lidagi sevgini yaxshilik ziyoda qilmaydi, (bexosdan qilingan ) jafo kamaytirmaydi.

Alloh uchun yaxshi ko‘rish va Alloh uchun yomon ko‘rish Islomda muhim sanaladi. Zero bu imon salohiyatini ko‘rsatuvchi belgilardandir.

Alloh uchun do‘stlashganlar nafaqat dunyoda manfaatga erishadilar, balki bunday sodiq hamrohlar oxiratda Alloh panohida bo‘ladilar. Bandalar bir-birlarini Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rganlar uchun Alloh ham qiyomat kuni ularni O‘z panohiga oladi.

Beshinchisi – mansab va chiroy sohibi bo‘lgan ayol undan (lazzat olishni) talab qilganida, “men Allohdan qo‘rqaman”, deya rad qilgan kishi.

Ayollar fitnasiga duchor bo‘lganda, nafsni zino va shu kabi yomon ishlardan tiyib turish ham qiyin ish. Ayniqsa, taklif ayol tarafidan bo‘lsa, erkak o‘zini tutishi yanada og‘irlashadi. Shu sabab ham Alloh bunday fahsh ishlardan o‘zini saqlagan bandalariga bashorat berib aytadi: “Endi kim Parvardigorining (huzurida) turishdan qo‘rqsa va nafsini havoyi xohishlardan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat jannatgina ( uning uchun ) joy bo‘ladi” (Nozi’ot, 40-41).

Aksariyat erkaklar husn-jamolda tengi yo‘q, obro‘li, boy-badavlat va nasl-nasabli ayollarga uylanishga, ular bilan oila qurishga harakat qiladilar. Ammo bunday sifatlarga ega ayol erkakni fahsh ishga, zinoga undasa, bunday holda erkak uchun o‘zini tiyib turish, harom ishdan saqlanish og‘ir kechadi. Buning uchun bandada taqvo va ixlos bo‘lishi kerak. Bunday holga tushganda, “men Allohdan qo‘rqaman!” deb inkor qilgan zotlar qiyomat kuni Alloh panohida bo‘ladilar.

Oltinchisi – maxfiy holda sadaqa qiladigan, hatto o‘ng qo‘li berganni chap qo‘li bilmaydigan kishi.

Bu yerda saxiylikka da’vat qilina turib, uni maxfiy, odamlar ko‘zidan yashirgan holda amalga oshirish lozimligi aytilmoqda. O‘ng qo‘l berganni chap qo‘l bilmasligi mubolag‘a bo‘lib, bu Alloh uchun biron amal qilayotganda riyodan saqlanish, odamlardan maqtov va olqish eshitish umidida bo‘lmaslik lozimligiga dalolat qiladi.

Rivoyatda farz va nafl sadaqa nazarda tutilmoqda. Lekin imom Navaviy ulamolardan naql qilishicha, farz sadaqa – zakotni oshkora tarzda berish maxfiy suratdagisidan afzal sanaladi.

Ettinchisi – yolg‘iz qolganda Allohdan qo‘rqib, ko‘z yosh to‘kkan kishi.

Bu solih bandalar maqomidir. Ularning qalbi Alloh taoloning azamatidan qo‘rqib, xavfda turadi, shu sabab ko‘zlaridan yosh chiqadi, Allohni eslab diydalari yoshlanadi. Oxir-oqibat ular qiyomat kuni Alloh Arshining soyasiga doxil bo‘ladi.
Allohni xoli holda zikr qilish riyodan uzoq va ixlosga yaqindir. Bunday zikr bandaning muxlis ekaniga dalolat qiladi. Xoli zikr ta’sirida banda ko‘ziga yosh kelishi esa bandaning Allohga bo‘lgan imoni va muhabati kuchli ekanidan darak beradi.

Allohni zikr qiluvchi banda ikki xil sababga ko‘ra yig‘laydi:

Allohning ulug‘ligi, U Zot osiy bandalarni azoblashi haqida fikr yuritib, Allohdan qo‘rqib yig‘laydi;

Allohning rahmati, mag‘firati kengligi va U Zot mehribonligini eslab, xursandchilikdan ko‘zyosh to‘kadi.

Ikkala holat ham bandaning sodiq va muxlisligini ko‘rsatadi. Bunday bandalar qiyomat kuni Alloh panohida bo‘ladilar. Qaysi banda hech kim yo‘qligida Allohni eslab, ko‘zidan yosh chiqsa, Alloh uni qiyomat kuni kuni azoblamaydi. Anas ibn Molik roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: “Kim Allohni zikr qilib, hatto yerni to‘ldirib yuborar (ho‘l qilar) darajada Allohdan qo‘rqqanidan ikki ko‘zidan yosh chiqsa, u (banda) qiyomat kuni azoblanmaydi” (Hokim rivoyati).

Jo‘rabek Aliyev, 
Denov tuman “Umari Odil” jome’ masjidi imom xatibi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

"Manchester Siti"ning O‘zbekistondagi hamkori ma’lum bo‘ldi

Англиянинг "Манчестер Сити" клуби Ўзбекистоннинг "Artel" компанияси билан ҳамкорлик қилади.

«Busiz iloji yo‘q»: Zelenskiy Ukraina Rossiya aktivlarisiz yashay olmasligini aytdi

Киев режими раҳбари Владимир Зеленский Украина мусодара қилинган Россия активларисиз яшай олмаслигини айтди, деб ёзади Sky News.

Moskva viloyatidagi maktabda millatchi o‘smirning pichoq bilan qilgan hujumi oqibatida o‘quvchilardan biri o‘ldirildi — “TASS”

Москва вилоятидаги Горки-2 аҳоли пунктида жойлашган мактабнинг тўққизинчи синф ўқувчиси қўриқчини пичоқлаб, сўнгра ўн ёшли тўртинчи синф ўқувчисига ҳужум қилди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.