Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga eski himoya kiyimlari berilgani rostmi? (FOTO)

Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga eski himoya kiyimlari berilgani rostmi? (FOTO)

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga eski himoya kiyimlari berilgani, ular ham yetarlicha emasligi haqidagi murojaat tarqalgan edi.

Ushbu vaziyat viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi viloyat bo‘limi, “Koronavirus infeksiyasining Andijon viloyati hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish” bo‘yicha viloyat shtabi vakillari tomonidan o‘rganilganda yuqoridagi murojaat asossiz ekani ayon bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil mart oyi davomida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tibbiyot muassasalariga bir va ko‘p marotabalik ishlatiladigan himoya kiyimlari tarqatilgan. Kuni kecha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qo‘shimcha ravishda viloyat muassasalariga 3 ming donadan ziyod kombinezonlar etkazib berildi. Shundan ehtiyojga qarab ming donasi viloyat yuumli kasalliklar shifoxonasiga taqdim qilindi. Ushbu tibbiyot muassasasi boshqa zarur himoya vositalari bilan ham etarli darajada ta’minlangan. 

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 20 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar davolanmoqda. Shifokorlarimiz ularga belgalangan standartlar bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatishmoqda.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

 

Suratlarda:

 Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi faoliyatidan lavhalar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!