Ana xolos! Samarqanddagi tovuq go‘shtida zararli mikrob va bakteriyalar bor ekan

Ana xolos! Samarqanddagi tovuq go‘shtida zararli mikrob va bakteriyalar bor ekan

Oqdaryo tumanining Ulug‘bek MFYda istiqomat qiluvchi Umar Ortiqov tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni maqsad qildi. Buning uchun maxsus ruxsatnoma talab etilishini bilsada, negadir hech hafsala qilmadi. Ruxsatnomasiz faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkor Urgut tumanidan parranda go‘shti keltirib, tuman markazidagi umumiy ovqatlanish shaxobchalariga tarqatish bilan shug‘ullanardi. Biznes i ortidan mo‘maygina daromad qilayotgandi.

Zarnews.uz ning yozishicha, joriy yilning 22 fevral kuni u Loyish shahridagi Sharq kafesiga bir necha qutida (bir qutida 18-20 ta) tovuq go‘shti olib keldi. Mahsulotning sifatidan shubhalangan kafe xodimlari uni olishdan bosh tortgach, U.Ortiqov go‘shtni shaharchaning O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan boshqa oshxonaga keltirdi. Bu yerda ham yuqoridagidek holat takrorlandi. Oshxona bekasi Bahora Abduhamidova tovuq go‘shtini ko‘rib, iste’molga yaroqsizligini darhol angladi. Orada kelishmovchilik kelib chiqdi. Natijada B.Abduhamidova Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Samarqand viloyat hududiy birlashmasining Oqdaryo tuman jamiyatiga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.

Murojaat tuman DSENM, VSE laboratoriya hamda IHHQX tuman jamiyati mutasaddilari ishtirokida o‘rganildi. Parranda go‘shti laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilganda, unda inson salomatligiga zarar yetkazuvchi 157 turdagi mikrob va bakteriyalar aniqlandi. Tarqatilgan parranda go‘shti zudlik bilan tegishli tartibda yo‘q qilindi.

Tadbirkorga chora ko‘rilishi uchun hujjatlar tayyorlanib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!