Alisher Usmonov O‘zbekistondagi biznes loyihalari, xayr-saxovat va “Paxtakor” haqida

Alisher Usmonov O‘zbekistondagi biznes loyihalari, xayr-saxovat va “Paxtakor” haqida

Rossiyalik biznesmen, USM Holdings xoldingi asoschisi Alisher Usmonov "Rossiya 1" telekanaliga bergan intervyusida O‘zbekistondagi loyihalarga kiritayotgan investisiyalari haqida so‘z yuritdi.

"Biznesda faqat yordam beraman. Men egasi, aksioneri bo‘lgan kompaniyalar kooperasiyaga bor kuchi bilan yordam berishadi. Buni O‘zbekistndagi metallurgiya zavodi misolida ko‘rishimiz mumkin. Biz uchun u xomashyo sotiladigan bozor, kombinat uchun uchun esa raqobatbardosh metallar yaratish uchun ajoyib sifatli xomashyo", – dedi u.

Usmonovning so‘zlariga ko‘ra, "Metalloinvest" kompaniyasi ikki-uch yildan buyon kombinatga o‘z mahsulotlarini yetkazib beryapti.

"Anchagina katta hajmda, yiliga qariyb yuz million dollarlik briketlangan qaynoq temir yetkazib bermoqdamiz", – dedi biznesmen.

Bundan tashqari, Alisher Usmonov o‘zbek futboliga befarq emasligini bildirdi. 

"Bu yerga do‘stlarimning maslahati bilan keldim, eng birinchi sevimli klubim bo‘lgan “Paxtakor”ga yordam beraman. Men bu klubni qaytadan tiklashga kirishishni istaganlarga darhaqiqat yordam beraman", – dedi u.

Uning klub aksioneri bo‘lishga tayyorligi haqidagi savolga Usmonov "agar buni aytadigan bo‘lsam, uni sotishni istayotganlar qimmatroq narx aytishlari mumkin”, deya hazil bilan javob qaytardi.

Uning aksionerlar tarkibiga kirishi borasida muzokaralar olib borilayotganligi yoki yo‘qligi haqida berilgan savolga esa biznesmen aniq qilib "yo‘q, lekin hozircha takliflar olyapman", dedi.

Alisher Usmonov klubning yangi stadioni qurilishi uchun 20 million dollar ajratganini bildirdi.

Usmonov shuningdek, O‘zbekistonda madaniy loyihalar bo‘yicha ham ish olib borayotganini ma’lum qildi.

"Biz O‘zbekistonda islom tarixiy merosini tiklash bo‘yicha katta investision reja tuzganmiz. Xususan, masjidlar, birinchi navbatda esa Islom svilizasiya qurilishi borasida", – dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!