Agar vaksina topilsa, koronavirusga chalinganlar to‘liq sog‘ayib ketadimi?

Agar vaksina topilsa, koronavirusga chalinganlar to‘liq sog‘ayib ketadimi?

 Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda.

❓Butun dunyo shifokorlari ushbu infeksiyaga qarshi vosita qidirmoqda. Agar bu vaksina topilsa, kasallanganlar to‘liq sog‘ayib ketadimi yoki  ba’zilarimi? Qolaversa, vaksina chet mamlakatlarda yaratilsa uning yurtimizga yetib kelish qanchalik tez amalga oshadi?

❗️Vaksina davolash vositasi emas. Vaksinasiya profilaktika maqsadida amalga oshiriladi. Mabodo vaksina ishlab chiqarilib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ushbu vaksinani samarali deb topib, keng jamoatchilikni emlash kalendari yoki epidemik ko‘rsatmaga asosan emlash lozim deb topilsa, shunga qarab keyingi taktika belgilanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!