80 bosh qoramol va 64 bosh otlarini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

80 bosh qoramol va 64 bosh otlarini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Jizzax viloyatining Forish tumanida shu yil 1 mart kuni Mirzacho‘l tumanida yashovchi V.K. O‘zbekiston Respublikasi IIVning virtual qabulxonasiga murojaat qilib, unda 2017 yil avgust oyidan 2019 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Forish tumani Egizbuloq QFY hududidagi dala maydonida yurgan 80 bosh qoramol va 64 bosh otlari yo‘qolganligini ma’lum qilgan holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Arnasoy tumani Cho‘lquvar QFY SH.Rashidov ko‘chasida yashovchi F.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!