Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga suiqasd uyushtirildi
Turkiyaning Yeni Şafak gazetasi xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistonida valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon al-Saudning hayotiga suiqasd uyushtirilgan.
Qayd etilishicha, voqea Jidda shahrida sodir bo‘lgan. Saudiya shahzodalaridan biri Saudiya Arabistoni qiroli Salmonning merosxo‘rini o‘ldirmoqchi bo‘ldi.
«Muhammad bin Salmonning o‘zi tirik, u yaralanmagan», — deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, hujumchi allaqachon qo‘lga olingan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)