Isroilning o‘ta o‘ng qanotlari G‘azoga ketayotgan insonparvarlik karvonini to‘sib qo‘yishdi

Isroilning o‘ta o‘ng qanotlari G‘azoga ketayotgan insonparvarlik karvonini to‘sib qo‘yishdi

Isroilning o‘ta o‘ngchi «Sav 9» guruhi a’zolari Iordaniyadan G‘azo sektoriga ketayotgan insonparvarlik karvonini to‘xtatdi. Bu haqda Isroilning Haaretz gazetasi xabar berdi.

Ekstremistlar yordam olib ketayotgan yuk mashinalari va gumanitar yordam to‘plamlari bo‘lgan paketlarga zarar yetkazgan.

Voqea bosib olingan Quddus shimolida sodir bo‘lgan.

Nashrning yozishicha, provokasiya uchun javobgarlikni guruh o‘z zimmasiga olgan.

1 may kuni noqonuniy yahudiy ko‘chmanchilar Kerem Abu Salim va Erez (Beyt Xanun) o‘tish joylari orqali G‘azo sektoriga yo‘l olgan ikki gumanitar yordam karvoniga hujum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!