Guterrish: Isroilning Rafahga hujumi siyosiy falokat va insonparvarlik dahshatiga aylanadi

Guterrish: Isroilning Rafahga hujumi siyosiy falokat va insonparvarlik dahshatiga aylanadi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish: «Men Isroilning harbiy harakatlari kuchayib borayotganidan xavotirdaman», dedi. Bosh kotibning qayd etishicha, Rafah va Kerem Abu Salim chegara punktlarining yopilishi gumanitar vaziyatni yomonlashtiradi.

Guterrish BMT binosida matbuotga bayonot berdi. Uning qayd etishicha, Isroil, Falastin va butun mintaqa xalq taqdirini hal qiladigan nuqtada. Guterrishning aytishicha, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuv G‘azodagi Falastin xalqi va mahbuslar yaqinlarining azoblarini engillashtirish uchun zarur.

Antoniu Guterresh, G‘azoga tinchlik o‘rnatish uchun bir necha hafta davom etgan diplomatiya natija bermasa, bu fojia bo‘lishini aytdi va har ikki tomonni kelishuvga erishish uchun sa’y-harakatlarni kuchaytirishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!