AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya LockBit xakerlar guruhi rahbariga qarshi sanksiyalar joriy qildi

AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya LockBit xakerlar guruhi rahbariga qarshi sanksiyalar joriy qildi

AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya LockBit xakerlar guruhi rahbari rossiyalik Dmitriy Xoroshevga qarshi sanksiyalar joriy qildi.

AQSh ma’lumotlariga ko‘ra, erkak 31 yoshda va Voronejda yashaydi. Unga 26 ta modda bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. AQSh Adliya vazirligi butun dunyo bo‘ylab 2500 dan ortiq odam LockBit qurboniga aylanganini aytdi. Buyuk Britaniya rasmiylari guruh tovlamachilik maqsadida qilingan kiberhujumlarning chorak qismi uchun javobgar deb hisoblaydi.

AQSh ma’lumotlariga ko‘ra, Xoroshev o‘z faoliyatidan kamida 100 million dollar bitkoin olgan, foydalanuvchilarga yetkazilgan jami zarar esa 500 million dollarni tashkil qilgan. Davlat departamenti Xoroshevni qo‘lga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollargacha mukofot e’lon qildi.

LockBit guruhi xuddi shu nomdagi virusni ishlab chiqdi, u kompyuterga kirganda, fayllarni shifrlaydi va qulfni ochish uchun to‘lovni talab qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!