Superliga. "Paxtakor" va "Metallurg" o‘yinida 7ta gol urildi

Superliga. "Paxtakor" va "Metallurg" o‘yinida 7ta gol urildi

O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Metallurg" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bellashuvda "sherlar" 4:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Maydon egalari safida gollarga Asqarov, Merk (dubl) va Cheran mualliflik qildi. Mehmonlarning uch goli esa Otaxonov, Milichkovich (penalti) va Sharipov nomiga qayd etildi.

Shu tariqa, "sherlar" ushbu zafardan keyin ochkolarini 7 taga yetkazib oldi va jadvalda 9-o‘rindan joy oldi. "Metallurg" 2 ochko to‘plagan holda hozircha 13-pog‘onani band etib turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!