Britaniya o‘z sanksiyalarini chetlab o‘tmoqda

Britaniya o‘z sanksiyalarini chetlab o‘tmoqda

Buyuk Britaniya o‘z sanksiyalarini chetlab o‘tib, Rossiyadan qayta ishlangan neftni rekord miqdorda xarid qilmoqda, deb yozadi «The Guardian» hukumat ma’lumotlariga tayanib.

Nashrning yozishicha, Buyuk Britaniya qonundagi bo‘shliq tufayli neft sotib olishda davom etmoqda, chunki agar Rossiya nefti boshqa davlatda qayta ishlansa, u endi «texnik jihatdan rusniki hisoblanmaydi». Masalan, gazeta Desmog axborot sayti tahliliga tayanib, Hindiston, Xitoy va Turkiyadan qayta ishlangan neft importi 2023 yilda 2,2 milliard funt sterlingni tashkil qilganini ta’kidlaydi.

Global Witness tashkilotining ta’kidlashicha, har yigirmanchi reys Rossiya yoqilg‘isi yordamida amalga oshiriladi. Tashkilot Rossiya Federasiyasidan tashqarida ishlab chiqarilgan yoqilg‘i sanksiyalarga duchor bo‘lmasligini ta’kidlaydi. Global Witness buni «pul yuvish» deb ataydi.

«Rossiya neftidan ishlab chiqarilgan millionlab barrel yoqilg‘i Buyuk Britaniyaga oqib kelishda davom etmoqda. Birgina o‘tgan yilning o‘zida bu kelishuv Kremlga 100 million funt sterlingdan ko‘proq foyda keltirdi», — dedi Global Witness.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!