Armaniston bosh vaziri: Ozarbayjon bilan noyabrgacha tinchlik shartnomasi tuzilishi mumkin

Armaniston bosh vaziri: Ozarbayjon bilan noyabrgacha tinchlik shartnomasi tuzilishi mumkin

Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik shartnomasi noyabrgacha tuzilishi mumkin.

Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston noyabr oyigacha Ozarbayjon bilan hammaga ma’lum tamoyillar doirasida tinchlik shartnomasini imzolashga tayyor.

Armaniston bosh vaziri, shuningdek, ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining Olmaotada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha taraqqiyotga umid qilmoqda.

Pashinyan, shuningdek, 9 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda ishtirok etmasligini aytdi. Bosh vazir mamlakat rahbarining har yili G‘alaba paradida ishtirok etishini g‘alati deb bilishini ta’kidladi.

«Sizningcha, Armaniston rahbari har yili 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan paradda qatnashishi g‘alati bo‘lmasmidi?» deb siyosatchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi

«O‘tgan yili 9 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan tadbirlarda qatnashganman va har yili qatnashish shart emas deb o‘ylayman. Har yili Armaniston yoki biron bir davlat rahbari qatnashgan bunday amaliyot esimda yo‘q», — deya qo‘shimcha qildi Bosh vazir.

Xuddi shu matbuot anjumanida u 8 may kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley sammitida qatnashish va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga borishini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!