Isroil armiyasi G‘azoning Rafah shahriga quruqlikdan hujum boshladi

Isroil armiyasi G‘azoning Rafah shahriga quruqlikdan hujum boshladi

Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektorining janubidagi Rafah shahriga quruqlikdan hujum boshladi.

Armiya ma’lumotlariga ko‘ra, 162-diviziya va 401-zirhli brigada sharqiy Rafahdagi bo‘linmalarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Harbiylar G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi chegaradagi Rafah nazorat punkti ustidan nazorat o‘rnatdi, deyiladi xabarda.

Misr hududidan 3,5 km uzoqlikdagi G‘azo tomonidagi nazorat-o‘tkazish punktining bir qismi to‘liq Isroil harbiylari tomonidan nazorat qilinadi.

Shuningdek, Isroil 1,5 million kishi boshpana topgan Rafahdagi 50 dan ortiq nuqtaga havo hujumlarini uyushtirgani xabar qilingan. Hujumlarda 20 falastinlik halok bo‘ldi.

Rafah nazorat punkti yaqinidagi ba’zi binolar raketa bilan urilgan. Artilleriya bo‘linmalari nafaqat Rafah nazorat-o‘tkazish punkti, balki Kerem Abu Salim nazorat punkti yaqinidagi hududlarni ham o‘qqa tutdi.

Hamasga yaqin ekani ma’lum bo‘lgan El-Aksa telekanali ham G‘azo sektori chegaralari ichida joylashgan Rafah nazorat-o‘tkazish punkti hududining bir qismi kuchli o‘qqa tutilganini xabar qildi.

Guvohlarning Anadolu agentligiga aytishicha, Isroil havo kuchlari nazorat-o‘tkazish punkti yaqinidagi hududlarga zarbalar bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!