Rafahdagi operasiya butun dunyoga ta’sir qiladi

Rafahdagi operasiya butun dunyoga ta’sir qiladi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Onju Kecheli G‘azodagi so‘nggi voqealar haqida: «Rafahdagi operasiya butun dunyoga ta’sir qiladi. Isroil G‘azo sektoridagi Rafah chegara punktining o‘zi bosib olgan qismini zudlik bilan tark etishi kerak».

Kecheli X ijtimoiy tarmog‘idagi postida: «Biz Falastin tomonining G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlar va mahbuslarni o‘zaro ozod qilish bo‘yicha so‘nggi taklifni qabul qilishini olqishlaymiz» dedi.

G‘azodagi vayronagarchilik va qirg‘inlarga barham berish yo‘lidagi ijobiy o‘zgarishlarga qaramay, Isroilning Rafahga hujumlarini kuchayishi Netanyahu hukumatining yaxshi niyat bilan harakat qilmayotganini yana bir bor ko‘rsatganini ifoda etgan Kecheli, davom etdi: "Rafahdagi operasiya nafaqat mintaqaga ta’sir qiladi, balki butun dunyoga ham. Isroil G‘azo sektorida joylashgan Rafah chegara darvozasining o‘zi bosib olgan qismini zudlik bilan tark etishi kerak. Rafahdagi va chegara punktidagi status-kvo zudlik bilan tiklanishi kerak”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!