8 avgust kuni O‘zbekistonda 693 kishida koronavirus aniqlandi, 936 kishi sog‘aydi.

8 avgust kuni  O‘zbekistonda 693 kishida koronavirus aniqlandi, 936 kishi sog‘aydi.

Shu yilning 8 avgust kuni mamlakatimizda 693 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm hamda Navoiy viloyatlarida jami 936 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 29 918 nafar bemordan 21 316 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 71 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 414 nafar bemordan 974 nafari og‘ir, 274 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!