Yana bir Bollivud yoqimtoyi bo‘ydoqlar safini tark etdi (foto)

Yana bir Bollivud yoqimtoyi bo‘ydoqlar safini tark etdi (foto)

Mashhur Bollivud aktyori, 33 yoshli Varun Dxavan bolaligidanoq tanish bo‘lishgan yaqini Natasha Dalal bilan oila qurdi.

Yana bir Bollivud yoqimtoyi bo‘ydoqlar safini tark etdi (foto)

To‘y marosimi ikki yuzdan ziyod mehmonlar ishtirokida 23 yanvar kuni Alibaugda bo‘lib o‘tdi.

“Peeping Moon” xabariga ko‘ra, tantana dasturiga bir necha yil oldin Sonam Kapur uchun ajoyib to‘y uyushtirgan taniqli rejissyor Karan Johar mas’ul bo‘lgan.

Bayramning bir qismi plyajda bo‘lib o‘tgan, u yerda kelin va kuyov quyosh botishini kutib olishgan, so‘ng Mumbayda dabdabali ziyofat uyushtirishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!