Yakuniy baho: Ravshan Ermatov aslida o‘yinni qanday boshqargan edi?

Yakuniy baho: Ravshan Ermatov aslida o‘yinni qanday boshqargan edi?

Argentina terma jamoasi futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati ikkinchi tur doirasida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushib, kutilmaganda 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Mazkur o‘yinni Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar boshqarib bordi. Va hamyurtimiz jahon chempionatlarida referilik qilish borasida o‘z rekordini yangiladi — uchta jahon chempionati 10 o‘yin.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Ravshan Ermatov va uning jamoasining ushbu bahsdagi faoliyatiga o‘z munosabatlarini bildirmoqda. Ularning ayrimlaridan "Xalq so‘zi" nashri iqtibos keltirdi.

Aleksey S.Lebedev ism-sharifli muxlis Argentina va Xorvatiya o‘rtasida xuddi pley-offdagidagi kabi keskin kurash bo‘lgani haqida shunday yozadi: “Va Ermatovga barakalla – har ikki tomondan siquvga olishdi. Lekin u bosimga bardosh berdi. Ko‘z tegmasin, umuman, zo‘r ishladi”.

Danila Dachenkov: “Ravshan Ermatov – mega shiddatli hakam. Mana sizga yuksak cho‘qqi: pozisiya tanlash, yugurishga erinmaydi, o‘ziga ishonadi”.

Scott McIntyre: “Guruh bosqichidagi eng yaxshi chiqish? Yagona va betakror Ravshan Ermatov ... bugun yetakchilikni, nazoratni to‘liq qo‘lga olish tartibida ishladi”.

Younes H-Hamou: “Bugun o‘yinni mutlaqo ajoyib tarzda boshqargan Ravshan Ermatovga minnatdorchilik bildirishni istardim. Top darajadagi referi! Yorqin faoliyat. Kollina (UYEFA hakamlar qo‘mitasi va FIFA hakamlar qo‘mitasi boshlig‘i Pyerluidja Kollina) uslubiga o‘xshashlik bor”.

Erik Pulatov: “Argentinaga muxlislik qilaman, lekin Xorvatiya o‘z ishini a’loga uddaladi! Kun hazili: Argentinaning jahon chempionatidagi eng katta muammosi ... Ravshan Ermatov. Oxirgi marta Argentina Germaniyaga 0:4 hisobida yutqazgandi, bu safar Xorvatiyaga – 0:3”.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!