V Islom birdamligi o‘yinlari g‘oliblari qancha mukofot olishi e’lon qilindi

V Islom birdamligi o‘yinlari g‘oliblari qancha mukofot olishi e’lon qilindi

V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularning trenerlari qanday mukofotlanishi ma’lum qilindi. Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar:

  • oltin medal uchun – 5 ming AQSh dollari;
  • kumush medal uchun – 3 ming AQSh dollari;
  • bronza medal uchun – 2 ming AQSh dollari;

Ularni tayyorlagan trenerlar esa:

  • oltin medal uchun – 2,5 ming AQSh dollari;
  • kumush medal uchun – 1,5 ming AQSh dollari;
  • bronza medal uchun – 1 ming AQSh dollari miqdorida har bir medal uchun bir martalik mablag‘lar bilan mukofotlanadi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!