Pedagoglardan majburiy tibbiy ko‘rik uchun pul undirayotganligi rostmi?

Pedagoglardan majburiy tibbiy ko‘rik uchun pul undirayotganligi rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda pedagoglardan majburiy tibbiy ko‘rik uchun Sanepidqo‘mita tuman,shahar bo‘limlari xodimlari tomonidan 100 ming so‘mdan pul undirayotganligi to‘g‘risida xabar tarqaldi.

Unga munosabat bildirgan Sanepidqo‘mita Samarqand viloyat boshqarmasi holatga «Sanepidqo‘mita Toyloq tuman bo‘limi tomonidan 2024 yilning 15 yanvarida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari nomiga tibbiy ko‘rik xarajatlarini qoplab berishi bo‘yicha xat berilgan bo‘lishiga qaramasdan, hozirgi davrga qadar shartnoma qilinmay kelinayotganligi, shu sababli o‘z vaqtida davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan xodimlar vaqtinchalik ishdan chetlatilishi yoki ma’muriy javobgarlikka tortilishini bilgan holda o‘z ixtiyori va arizasiga asosan belgilangan preyskurant asosida to‘lov qilinib laborator tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilib kelinayotganligini ta’kidlagan.

❌Shu o‘rinda, Sanepidqo‘mita Samarqand viloyat boshqarmasiga pedagog xodimlardan preyskurant asosida to‘lov undirilishi qonunchilikka zid ekanligini eslatib o‘tildi..

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining "Pedagogning maqomi to‘g‘risida«gi Qonunining 14-moddasida 12-xatboshisida "Davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarining hamda boshqa tashkilotlarning bevosita bolalarga ta’lim va tarbiya berish bilan band bo‘lgan pedagoglari davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladi,"deyilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!