O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarov raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Unda, o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Jaloliddin Hamroqulov o‘rniga Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida: Z.Eshonqulov 1976 yilda tug‘ilgan. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

2014 yildan buyon O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi vazifasida mehnat qilayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!