Moskvada YEOIIning yubiley sammiti bo‘lib o‘tmoqda

Moskvada YEOIIning yubiley sammiti bo‘lib o‘tmoqda

Evroosiyo iqtisodiy ittifoqining Oliy iqtisodiy kengashining yig‘ilishi Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tmoqda va u YEOII tashkil etilganining 10 yilligiga to‘g‘ri kelmoqda.

Bu haqda Rossiya OAVlari xabar bermoqda.

Sammitda davlat rahbarlarining ma’ruzalari tinglanadi, shuningdek, qator muhim qarorlar va hujjatlar qabul qilinadi.

Sammitda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari – Vladimir Putin, Aleksandr Lukashenko, Qosim-Jomart To‘qayev, Sadir Japarov va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!