Misr «yirik» davlatlarni G‘azo sektorida yuzaga kelgan vaziyatga qarshi «qat’iy pozisiya» olishga chaqirdi

Misr «yirik» davlatlarni G‘azo sektorida yuzaga kelgan vaziyatga qarshi «qat’iy pozisiya» olishga chaqirdi

Misr «yirik» davlatlarni Isroil hujumlari tufayli G‘azo sektorida yuzaga kelgan vaziyatga qarshi «qat’iy pozisiya» olishga chaqirdi.

Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukri Qohirada Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Livandagi maxsus vakili Jan-Iv Le Drian bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Misr TIV matbuot xizmati.

Uchrashuvda Shoukri, Isroil hujumlari tufayli G‘azodagi vaziyat o‘ta xavfli bo‘lib qolgani haqida ogohlantirdi va xalqaro hamjamiyatning Isroil armiyasining Rafahga quruqlikdagi hujumini oldini ololmaganini qoraladi.

Vazir o‘zi «yirik» deb atagan davlatlarni, shuningdek, faol o‘yinchilarni G‘azo sektori duch kelayotgan vaziyatda yanada qat’iy va samarali pozisiyani egallashga, bayonot va chaqiriqlar bilan cheklanib qolmaslikka chaqirdi.

Avvalroq Isroil armiyasi G‘azo sektorining eng janubiy aholi punkti bo‘lgan Rafah shahriga quruqlikdan hujum uyushtirdi. Armiya Misr bilan chegaradagi Rafah nazorat-o‘tkazish punktining Falastin qismi ustidan nazoratni qo‘lga olganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!