Ukraina Oliy Radasi mamlakatdagi harbiy holat va safarbarlikni 90 kunga uzaytirdi

Ukraina Oliy Radasi mamlakatdagi harbiy holat va safarbarlikni 90 kunga uzaytirdi

Mamlakat parlamenti ko‘pchilik ovozi bilan har ikki qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko Telegram-kanalida ma’lum qildi.

"Oliy Rada harbiy holat va umumiy safarbarlikni 90 kunga uzaytirdi. Harbiy holatni uzaytirish uchun – 339 deputat, safarbarlikni davom ettirish uchun 336 deputat ovoz berdi", — deb yozdi Oliy Rada deputati.

Ma’lumot uchun, Ukraina bo‘ylab harbiy holat 2022 yil 24 fevraldan boshlab amal qiladi. Ertasi kuni, 2022 yil 25 fevralda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy umumiy safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!