Rossiyada «yashil karta» olmagan Ukraina fuqarolari mamlakat va bosib olingan hududlardan chiqarib yuboriladi

Rossiyada «yashil karta» olmagan Ukraina fuqarolari mamlakat va bosib olingan hududlardan chiqarib yuboriladi

2025 yildan boshlab Rossiyada «yashil karta» olmagan Ukraina fuqarolari mamlakat va bosib olingan hududlardan chiqarib yuboriladi.

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. Departamentning aniqlik kiritishicha, «yashil kartalar» olish uchun Ukraina fuqarolari Rossiyada barmoq izlarini qayd etish, suratga olish va tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak.

Bu 2024 yil 31 dekabrgacha bajarilishi kerak - aks holda ukrainaliklar Rossiya Federasiyasidan chiqarib yuborilishi mumkin, deb ta’kidladi IIV.

«Ushbu tartib jazodan ozod etilgan, davlat yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan, qalbaki hujjatlar taqdim etgan yoki yolg‘on ma’lumot bergan fuqarolarga taalluqli emas», — deyiladi polisiya xabarida.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Rossiya tomonidan bosib olingan Donesk, Lugansk, Zaporojye yoki Xerson viloyatlarida yashash uchun ruxsatnoma yoki doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan xorijliklarning ushbu hududlarda yashash huquqi 2024 yil 31 dekabrgacha uzaytirilganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!