Quruqlik hujumi Rafahni «qabristonga» aylantirishi mumkin

Quruqlik hujumi Rafahni «qabristonga» aylantirishi mumkin

G‘azo sektorining janubiy blokadasi ostidagi Rafah shahriga genosidda ayblanayotgan Isroilning quruqlikdagi hujumi mintaqani «qabristonga» aylantirishi mumkin.

Bu ogohlantirishni «Chegara bilmas shifokorlar» (MSF) xalqaro nohukumat tashkilotining Amerika bo‘limi ijrochi direktori Avril Benua qildi.

MSF veb-saytida e’lon qilingan bayonotda Benoit, Isroilning Rafahda davom etayotgan hujumi mintaqada gumanitar falokat keltirib chiqarishi mumkinligini aytdi.

«Isroil zudlik bilan quruqlikdagi hujum rejalarini to‘xtatishi kerak. Harbiy hujumlar sonining yanada ko‘payishi (Rafahda) qamalgan aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilishni anglatadi», — dedi «Chegara bilmas shifokorlar» tashkiloti vakili.

Uning ta’kidlashicha, bir yarim milliondan ortiq odam Rafah shahridagi kichik bir yerga to‘planishga majbur.

NNTning Amerika bo‘limi ijrochi direktori, shuningdek, Rafahga quruqlikdan hujum uyushtirilsa, G‘azo sektoriga allaqachon og‘ir sharoitlarda amalga oshirilgan gumanitar yordam yetkazilishi xavf ostida qolishi haqida ogohlantirdi.

MSF vakili Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroilga eng katta harbiy va moddiy yordam ko‘rsatuvchi davlat ekanini eslatdi.

«Qonunga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar inson huquqlari buzilishini qo‘llab-quvvatlamasligi kerak», deya qo‘shimcha qildi Benua.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!