Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari e’lon qilindi

Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari e’lon qilindi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Superliga.
“Bunyodkor” — “Dinamo plyus”

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Dinamo plyus” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Tohir To‘xtasinov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Tohir To‘xtasinovga (Bunyodkor) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Lokomotiv” — “Andijon”

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Andijon” uchrashuvining 90+2 daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi Sardor Azimov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sardor Azimovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Paxtakor” — “So‘g‘diyona”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Paxtakor” — “So‘g‘diyona” uchrashuvi komissarining ogohlantirishiga qaramay “Paxtakor” jamoasi a’zolari tanaffus vaqtida maydonga belgilangan vaqtdan kech chiqqanligi, bu bilan turnir “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 16.2-bandida belgilangan tartibga rioya qilmagani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Paxtakor” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Dinamo plyus” — “Metallurg”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Dinamo plyus” — “Metallurg” uchrashuvining 65-daqiqasida “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Sanjar Shoahmedov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sanjar Shoahmedovga (Dinamo) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Paxtakor” — “So‘g‘diyona”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Paxtakor” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 65-daqiqasida “So‘g‘diyona” futbol klubi futbolchisi Lyupche Doriyev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Lyupche Doriyevga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

OKMK — “Bunyodkor”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi OKMK — “Bunyodkor” uchrashuvining 66-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi murabbiyi Anvar G‘ofurov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Anvar G‘ofurovga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon”— “Nasaf”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Andijon”— “Nasaf” uchrashuvining 42-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev yon hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ro‘ziqul Berdiyevga (Nasaf) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Metallurg” — “Sirdaryo FA”

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi “Metallurg” — “Sirdaryo FA” uchrashuvining 14-daqiqasida “Metallurg” futbol klubi futbolchisi Mirg‘iyos Sulaymonov simulyasiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mirg‘iyos Sulaymanovga (Metallurg) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik” — “Neftchi”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Olimpik” — “Neftchi” uchrashuvining 78-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Botirali Ergashev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Botirali Ergashevga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Olimpik” — “Neftchi” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Olimpik” futbol klubi futbolchisi Akbar Abdirasulov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Akbar Abdirasulovga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Olimpik” — “Neftchi” uchrashuvining 90+11-daqiqasida “Olimpik” futbol klubi futbolchisi Jaloliddin Sodiqov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jaloliddin Sodiqovga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston kubogi
“Lokomotiv” — “Zomin”

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Zomin” uchrashuvining 85-daqiqasida “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Abdulazizxon Abdurashidov yon hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdulazizxon Abdurashidovga (Lokomotiv) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Sho‘rtan”

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 66-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Ulug‘bek Xudoyberdiyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ulug‘bek Xudoyberdiyevga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Sho‘rtan”

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 71-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchilari Amir To‘raqulov hamda Suhrob Izzatovlar bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Amir To‘raqulovga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi, shuningdek, Suxrob Izzatovga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf” — “Navbahor lochinlari”

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi “Nasaf” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining tanaffus vaqtida “Nasaf” futbol klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ro‘ziqul Berdiyevga (Nasaf) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Do‘stlik Toshkent” – “Sirdaryo FA”

O‘zbekiston Kubogi 3-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” – “Sirdaryo FA” uchrashuvining 83-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi A. O‘rinboyev raqib o‘yinchisining ko‘krak qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Asrorbek O‘rinboyevga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Dinamo plyus” — “Navbahor lochinlari”

O‘zbekiston Kubogi 3-turi doirasidagi “Dinamo plyus” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 80-daqiqasida “Dinamo plyus” futbol klubi futbolchisi Fransis Narx bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Fransis Narxga (Dinamo plyus) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon” — “Nasaf”

O‘zbekiston Kubogi 3-turi doirasidagi “Andijon” — “Nasaf” uchrashuvining 80-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Murodbek Raxmatov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Murodbek Raxmatovga (Nasaf) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon” — “Dinamo plyus”

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi “Andijon” — “Dinamo plyus” uchrashuvining 77-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi Bektemir Abdumannonov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilangan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Bektemir Abdumannonovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Neftchi” — “Metallurg”

O‘zbekiston Kubogi 3-turi doirasidagi “Neftchi” — “Metallurg” uchrashuvining 35-daqiqasida “Metallurg” futbol klubi futbolchisi Rahimjon Davronov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Proliga 5-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Aral” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Aral” futbol klubi futbolchisi Shahzod Turopov bosh qismi bilan raqib o‘yinchisini bosh qismiga zarba bergan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shahzod Turopovga (Aral) nisbatan 4 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) hamda jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qo‘qon-1912” — “Xorazm”

Proliga 4-turi doirasidagi “Qo‘qon-1912” — “Xorazm” uchrashuvining 33-daqiqasida “Xorazm” futbol klubi futbolchisi Mo‘minjon Meliyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mo‘minjon Meliyevga (Xorazm) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Mash’al” — “Sho‘rtan”

Proliga 4-turi doirasidagi “Mash’al” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 87-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Sherzodbek Abduraimov bosh qismi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sherzodbek Abduraimovga (Sho‘rtan) nisbatan 10 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm” — “Sho‘rtan”

Proliga musobaqasining 2-turi doirasidagi “Xorazm” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 37-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Jo‘rabek Mannonov yordamchi hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jo‘rabek Mannonovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm” — “Sho‘rtan”

Proliga musobaqasining 2-turi doirasidagi “Xorazm” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 70-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Nodirbek Mukarov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nodirbek Mukarovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Buxoro” — “Mash’al”

Proliga 5-tur doirasidagi “Buxoro” — “Mash’al” uchrashuvining 72-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Islom Rashidxonov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Islom Rashidxonovga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Do‘stlik Toshkent” — “Buxoro”

Proliga 4-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Buxoro” uchrashuvining 18-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Bakayev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ulug‘bek Bakayevga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Proliga 4-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Buxoro” uchrashuvining 90-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Elyor Orifov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Elyor Orifovga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Sho‘rtan” — “Do‘stlik Toshkent”

Proliga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Do‘stlik Toshkent” uchrashuvining 61-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi Jamoliddin Hikmatov to‘p uchun kurashish vaqtida oyoq qismi bilan raqib o‘yinchisining ko‘krak qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jamoliddin Hikmatovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Aral” — “Qo‘qon-1912”

Proliga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Aral” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 48-daqiqasida “Qo‘qon-1912” futbol klubi futbolchisi Sergey Petrov simulyasiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sergey Petrovga (Qo‘qon-1912) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Aral” — “Qo‘qon 1912”

Proliga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Aral” — “Qo‘qon 1912” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Qo‘qon 1912” futbol klubi futbolchisi Javohir Husanov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Javohir Husanovga (Qo‘qon 1912) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik Mobiuz” — “Mash’al”

Proliga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Olimpik Mobiuz” — “Mash’al” uchrashuvining 38-daqiqasida “Olimpik Mobiuz” futbol klubi futbolchisi Ro‘ziboy Fayzullayev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ro‘ziboy Fayzullayevga (Olimpik Mobiuz) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Proliga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Olimpik Mobiuz” — “Mash’al” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Mash’al” futbol klubi futbolchisi Islombek Baratov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Islombek Baratovga (Mash’al) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Buxoro” — “Xorazm”

Proliga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Buxoro” — “Xorazm” uchrashuvining 21-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Shirinboy Abdullayev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shirinboy Abdullayevga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Do‘stlik Toshkent” — “Olimpik Mobiuz”

Proliga musobaqasining 2-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Olimpik Mobiuz” uchrashuvining 26-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi Anvarjon Alijonov simulyasiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Anvarjon Alijonovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Proliga musobaqasining 2-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Olimpik Mobiuz” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi Xushnudbek Avilov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Xushnudbek Avilovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm” — “Sho‘rtan”

Proliga musobaqasining 2-turi doirasidagi “Xorazm” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 25-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Muxriddin Zoirov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Muxriddin Zoirovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm” — “Do‘stlik Toshkent”

Proliga musobaqasining 5-turi doirasidagi “Xorazm” — “Do‘stlik Toshkent” uchrashuvining 52-89-daqiqalarida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi Izzatillo Orifov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochkalar olib maydondan chetlashtirilgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Izzatillo Orifovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Do‘stlik Toshkent” — “Buxoro”

Proliga 4-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Buxoro” uchrashuvining 18-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi shifokori San’at Bomurotov zahira hakami sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, San’at Bomurotovga (Buxoro) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) intizom chorasi qo‘llanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!