ECHL. "Real" yana kambek amalga oshirib finalga yo‘l oldi

ECHL. "Real" yana kambek amalga oshirib finalga yo‘l oldi

Evropa chempionlar ligasi yarim final bosqichi javob uchrashuvida "Real" o‘z maydonida kambek amalga oshirib, "Bavariya"ni 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 68-daqiqasida Alfonso Devis super zarbasi bilan hisobni ochdi. 88-daqiqada Vinisiuning uzatmasidan keyin Xoselu muvozanatni tikladi. Qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada yana Xoselu gol urib, "qirollik klubi"ga g‘alaba keltirdi.

So‘nggi soniyada "Bavariya" himoyachisi De Ligt gol urgandi, lekin ofsayd sababli bu inobatga olinmadi. Shu tariqa, Madrid jamoasi finalga yo‘l oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!