Isroilning G‘azodagi agressiyasi qurbonlari soni 34,8 mingdan oshdi

Isroilning G‘azodagi agressiyasi qurbonlari soni 34,8 mingdan oshdi

Isroilning G‘azo sektorida 7-oktabrdan beri davom etgan tajovuzi oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 34 ming 844 nafarga yetdi, yana 78 ming 404 nafari yaralandi.

Bu haqda G‘azo sektoridagi Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida aytiladi.

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 55 nafar fuqarosi halok bo‘lgan, 200 nafari jarohatlangan.

Xabarda qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning jasadlari hamon vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida va yo‘l chetlarida qolmoqda. Tez yordam va fuqaro mudofaa guruhlari Isroil kuchlarining to‘siqlari tufayli ularga yetib bora olmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!