Kiyev yiliga taxminan uch milliard yevro olishi mumkin, agarda...

Kiyev yiliga taxminan uch milliard yevro olishi mumkin, agarda...

Evropa Ittifoqi elchilari muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan daromadlarni Ukrainaga yordam berish uchun ishlatishga rozi.

Evropa Ittifoqi mamlakatlari elchilari Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromadni Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish uchun ishlatish bo‘yicha qarorga kelishdi, deya xabar bermoqda Belgiyaning Yevropa Ittifoqiga raisligi.

«Ushbu pul Rossiyaning agressiyasi sharoitida Ukrainani qayta tiklash va harbiy mudofaani qo‘llab-quvvatlaydi», deb yozadi Belgiya hukumati.

Joriy yilning mart oyida Bryusselda bo‘lib o‘tgan YEI sammiti chog‘ida Yevropa Ittifoqi yetakchilari muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan daromadni Ukrainaga yordam berish uchun ishlatish bo‘yicha kelisha olmagan.

Agar rejaga yashil chiroq yoqilsa, Kiyev yiliga taxminan uch milliard yevro (3,3 milliard dollar) olishi mumkin.

Avvalroq Yevrokomissiya bu mablag‘ning 90 foizini Ukraina Qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun qurol sotib olishga, qolgan qismini esa mamlakatni tiklashga ajratishni taklif qilgan edi.

Daromadning aniq miqdori diskont stavkalariga bog‘liq bo‘ladi, chunki Rossiya Federasiyasi Markaziy bankining 210 milliardga yaqin muzlatilgan aktivlari YEIning turli davlatlarining turli valyutalardagi hisobvaraqlarida joylashgan, deb ta’kidladi Reuters.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!